Maktablarda imlo savodxonligi qachon oshadi?

Kecha, 21 noyabr kuni Zarnews.uz saytida “Islohotlar yetib bormayotgan maktablar” sarlavhali maqola e’lon qilingandi.

Manbani o‘qish jarayonida rasmdagi bir so‘z e’tiborimni tortdi. Maktab ma’muriyati 2020 yilga qanday nom berilganini bilmaslik bir tomon bo‘lsa, shu so‘zlarni to‘g‘ri yozishdagi xatolik “dard ustiga chipqondek” bo‘lib turibdi.

Samarqand shahridagi 74-umumta’lim maktabida “ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari yo‘qmi”, degan fikr xayolimdan o‘tdi. Nahotki, lotin yozuvida so‘zlar yozilganda o‘ va g‘ harflaridagi belgi bilan tutuq belgisini ifodalaydigan belgi bir xil bo‘lsa. Shuni ham fahmiga bormaslik mumkinmi?

Demak, hali imlo savodxonligi bo‘yicha ham ancha ishlarni amalga oshirishimiz kerak ekan.

Sherali TEMIROV,

Samarqand viloyati hokimi maslahatchisi.