Ko‘chaga chiqsam, savodli ekanimizdan shubhalana boshlayman
- 25.02.2020 15:56
- 147
- Mutolaa
Mamlakatimizda 15 yoshdan katta aholining 99 foizi savodxon, deyishadi. Lekin ko‘chaga chiqsam, negadir bu foizlarga ishonmay qolaman. Kuni kecha ko‘chadagi e’lonlardan birida "er sotamiz" deb yozib qo‘yishibdi.
Sal nariroq yursam, universitet xiyoboniga yaqin joydagi oshxona yonidayam ancha turib qoldim. «Samsa, mantu, borak, sho‘rbo» kabi taomlar o‘sha, biz bilgan ovqatlarmikan, deya o‘ylab qoldim. Somsa so‘zining o‘zi bir necha xil tarzda yozilganiga guvoh bo‘laman, ko‘pincha.
Keyin universitetga, o‘qish joyimga kiraman. Bu yerda ham "baxolash komissiyasi" degan yozuvga ko‘zim tushadi. Keyin hayron qolaman, savodli deganda nima tushuniladi o‘zi?!
Gulsinoy ABDULLAYeVA,
«Zarafshon» tahririyati qoshidagi «Jurnalistik mahorat maktabi» tinglovchisi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa