Indoneziyada 53 ta dengizchi bo‘lgan suvosti kemasi bedarak yo‘qoldi

Indoneziya dengiz floti KRI Nanggala-402 suvosti kemasi mashqlar paytida aloqaga chiqmay qo‘ydi. Kema Bali shahridan 96 kilometr shimolda, 21 aprel kuni, mahalliy vaqt bilan taxminan soat 3.00 g‘oyib bo‘ldi.

«Sho‘ng‘ishga ruxsat berilgach, ko‘p o‘tmay aloqani yo‘qotdik, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, suvosti kemasi dengizda 700 metr chuqurlikda», deya izoh berdi Indoneziya qurolli kuchlari qo‘mondoni Xadi Chax’yanto.

G‘oyib bo‘lishidan oldin Indoneziya dengiz floti suvosti kemasi joylashgan joy yaqinida neft dog‘lari topilgan. Ma’lum bo‘lishicha, yo‘qolgan suvosti kemasidagi kislorod bugun, 24 aprelgacha yetadi,xolos.

Ayni paytda suvosti kemasini qidirish davom etmoqda.

Mamlakatda kemani qidirishda 25 ta suvosti kemasi ishtirok etmoqda, deya xabar berdi Channel News Asia mamlakat qurolli kuchlari vakili Ahmad Riyod ma’lumotiga asoslanib.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Indoneziya boshqa mamlakatlar tomonidan "har qanday yordamni qabul qiladi", ammo gidrolokator bilan jihozlangan kemalarni qo‘llab-quvvatlaydi. 

Kemani qidirishda Rossiya, AQSh, Germaniya, Fransiya, Hindiston, Turkiya, Avstraliya va Singapur yordam berishga tayyor.