Indoneziyada yo‘qolgan suvosti kemasidagi dengizchilar jasadi topildi
Indoneziya dengiz flotining cho‘kib ketgan suvosti kemasi ekipajining barcha a’zolari halok bo‘ldi, kemaning qoldiqlari topildi, deya xabar beradi RIA Novosti.
"Yo‘qolgan Indoneziya suvosti kemasining qoldiqlari yakshanba kuni, Bali yaqinidagi dengiz tubidan topilgan va ekipajning 53 a’zosining barchasi halok bo‘lgan", deya tasdiqladi Indoneziya dengiz floti shtabi boshlig‘i Yudo Margono.
23 aprel, shanba kuni mamlakat rasmiylari suvosti kemasida kislorod zaxirasi tugaganini tasdiqlashdi.
Avvalroq, qutqaruvchilar 21 aprel kuni dengizdan Bali orolining shimolida g‘oyib bo‘lgan dizel suvosti kemasining bir nechta qism va jihozlari topilgani haqida ma’lum bo‘ldi.
Elementlar orasida suvosti kemasining torpedo apparatlariga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan uskuna qismlari, periskopni moylash qutisi, olovga chidamli shimgich parchalari, joynamoz va sovutish tizimi korpusining bo‘lagi bor.
Indoneziyaning “KRI Nanggala-402” suvosti kemasi 21 aprel ertalab mashqlar paytida aloqani to‘xtatdi. Mamlakat qurolli kuchlari qo‘mondoni Hadi Chaxyanto suvosti kemasi 700 metr chuqurlikda bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
“KRI Nanggala-402” Indoneziya dengiz kuchlari xizmatida bo‘lgan beshta suvosti kemalaridan biri bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, u 10 yil oldin modernizatsiya qilingan.