Iroq razvedkasi yuqori darajali ID jangarisini yo‘q qildi
- 16.07.2020 22:50
- 129
- Xorij

O‘tkazilgan maxsus tadbir chog‘ida Iroq razvedkasi “Islom davlati” (ID) (O‘zbekistonda taqiqlangan) terrorchilik tashkilotining yuqori darajali jangarisini yo‘q qildi. Bu haqda Iroq Qurolli Kuchlari bosh qo‘mondonining rasmiy vakili Yax’yo Rasul ma’lum qildi.
Rasul bergan xabarga ko‘ra, Iroq milliy razvedka xizmati o‘tkazgan maxsus tadbir chog‘ida “Bog‘dod valiysi” nomini olgan Umar Shalyal Ubeyd va uning kotibini yo‘q qilgan.
2017 yil oxirida Iroq hukumati ID terrorchilik tashkiloti ustidan g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Biroq Iroq armiyasi xalqaro koalitsiya va xalq ko‘ngillilari bo‘linmalari yordamida alohida hududlarga joylashib olgan “uyqudagi yacheykalarni” tozalashda davom etmoqda.
Teglar:
Iroq
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
O‘rindiqda qoldirilgan tillalar
- 32 daqiqa avval
- Mutolaa
Chaqmoqning tuhfasi
- 33 daqiqa avval
- O'qing, qiziq!
O‘zi ham, xodimlarga ham diktant yozdirgan muharrir edi
- 38 daqiqa avval
- Mutolaa
Ayol muhabbatdan iborat
- Bugun, 11:24
- Mutolaa