Ish yuritishni davlat tilida amalga oshiring
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yigirmanchi sessiyasida deputatlar ushbu masalani ko‘rib chiqdi. Muhokamalardan so‘ng “Davlat tili haqida”gi qonun hujjatlari talablariga so‘zsiz rioya qilish, shuningdek, ish yuritishni davlat tilida tashkil etish maqsadida qaror qabul qilindi.
Unga ko‘ra, xalq deputatlari viloyat Kengashi, viloyat hokimligining yangi namunadagi rasmiy ish hujjatlari (blankalari) 1-8 ilovalarga muvofiq tasdiqlandi. Ushbu namunalardan 2021 yil yanvaridan boshlab foydalanish yo‘lga qo‘yildi va shu paytgacha amalda bo‘lgan, eski namnunadagi rasmiy ish hujjatlari (blankalari) bekor qilindi.