Isroil va "Hizbulloh" sulh bitimini imzoladi
- 25.11.2024 15:55
- 59
- Xorij
Isroil Livanning “Hizbulloh” harakati bilan o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi va hozirda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu buni jamoatchilikka qanday taqdim etish ustida ishlamoqda, deb xabar bermoqda “Kan” telekanali.
Hizbulloh yetakchisi Naim Qosim o‘tgan hafta harakat sulh taklifini ko‘rib chiqib, javob yuborganini, biroq qaror hozir Isroilda ekanini aytgan.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Netanyahu bir necha yuqori martabali vazirlar va xavfsizlik amaldorlari bilan uchrashuvda bu masalani muhokama qilgan.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil Livan-Suriya chegarasida harbiy amaliyotlar o‘tkazish huquqini saqlab qoladi.
Bundan tashqari, Hizbulloh kelishuvni buzsa, Vashington Isroilga harakat boshlash kafolatini beradi.
Teglar:
Isroil