Isroilda yangi prezident saylandi

Isroilning oltinchi prezidentining o‘g‘li, «Yahudiylar agentligi»ning raisi Itsxak Gersog Isroilning 11-prezidenti etib saylandi, deb xabar beradi «Gaaley SAXAL» radiosi.

Radiostansiya ma’lumotlariga ko‘ra, 87 nafar parlamentariy Gersogga, 26 nafari Isroil mukofoti laureati Miryam Peretsga ovoz berishdi.

"Men Itsxak Gersogni mamlakat prezidenti etib saylangani bilan tabriklayman va unga Isroil fuqarolari nomidan katta muvaffaqiyatlar tilayman", deb yozadi Bosh vazir Benyamin Netanyaxu Twitterda.

Bugun, 2 iyun kuni Knessetda saylovlarga bag‘ishlangan navbatdan tashqari maxsus yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, u yashirin ovoz berish orqali o‘tkazildi.

Qasamyod qabul qilish sanasi keyinroq e’lon qilinadi, amaldagi prezident Reuven Rivlinning vakolat muddati 9 iyulda tugaydi.