Isroilliklar COVID-19 virusidan qanday saqlanmoqda?
Haqiqatdan ham Muqaddas zaminda koronavirusdan hech kim vafot etmayaptimi? Agar shunday bo‘lsa, bunga sabab nima? Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu savollarga javob bor – u yerda kasallikka chalinmaslikka yordam beradigan mo‘’jizali yo‘riqnoma (retsept) amalda.
Shifobaxsh hisoblanayotgan vosita bor yo‘g‘i ikki xil mahsulotdan tashkil topgan. Uning ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rsatilayotgan tarkibi quyidagicha:
- Limon.
- Bikarbonat (iste’mol sodasi, xalq tilida “chayniy soda” deyiladi).
“Aralashtiring va har kuni qaynoq choy singari ite’mol qiling. Limon va iste’mol sodasining qaynoq suvdagi aralashmasi virusni shu zahoti nobut qiladi va uni tanadan butunlay chiqazib yuboradi. Ushbu ikki mahsulot imun tizimini quvvatlaydi.
Aynan shu sababdan Isroil xalqi virusga nisbatan xavotirsiz qaramoqda. Isroildagi har bir odam uxlashdan oldin, qaynoq suvga aralashtirilgan limon va soda solib ichadi. Chunki bu virusni o‘ldirishi isbotlangan. Men ushbu ma’lumot bilan hech kim virus yuqtirib olmasligi uchun oilam va do‘stlarim bilan bo‘lishdim”, deya yozilgan ijtimoiy tarmoqlardagi xabarda.
Mazkur yo‘riqnomaga nisbatan texnika fanlari nomzodi, iste’mol texnologiyalari mutaxassisi shunday izoh berdi: “Bu buvilarning an’anaviy yo‘riqnomasi (“Babushkin retsept”). Tarkibida shakar bo‘lmaganligi va tabiiy limon sharbatining mavjudligi uni sanoat gazli ichimliklaridan farqli o‘laroq haqiqatdan ham foydali. O‘tkir respiratorli kasalliklar bilan kasallangan vaqtda, shu qatorda O‘RVI (ORVI)da ham ko‘p miqdorda suyuqlik ichish tavsiya qilinishini barchamiz yaxshi bilamiz. Suyuqlik burun va tomoq yo‘llaridagi quruqlikni yengillashtiradi, asosiysi, biz ko‘p miqdorda suyuqlik ichganimizda, zaharli moddalar tanamizdan siydik yo‘llari bilan chiqib ketadi. Shu sababdan ham kasallikning kechishi yengillashadi. Shu bilan birga, yuqorida keltirilgan yo‘riqnoma (retsept) yordamida biz haqiqiy isitmani tushiruvchi dori yasashimiz mumkin. Buning uchun uning tarkibiga yana bir dona aspirin, ibuprofen yoki paratsetamol dori vositalari qo‘shiladi. Biroq uni virusni nobud qilish ta’siriga keladigan bo‘lsak – bu albatta fantastika”.
Xat mualliflari ichimlikning koronavirusni nobud qila olish xususiyatini ichimlikdagi rN moddasi ko‘p miqdorda ekanligi bilan izohlamoqda. Koronavirus ustidan g‘alaba qozonish uchun bizdan talab qilinadigan narsa – bu tarkibidagi rN moddasi, virusning yuqori darajali rNdan yuqori bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilish.
Biroq olib borilgan yangi tadqiqotlar mazkur farazni inkor etdi. 27 mart kuni Gonkong universitetining bir guruh olimlari tomonidan “SARS-CoV-2 virusining turli atrof-muhit sharoitlaridagi barqarorligi” nomli tadqiqot chop etildi. Tadqiqot mualliflari shunday yozadi: “Biz, shuningdek, SARS-CoV-2 virusini rNning keng diapazonida, xona haroratida o‘zining ekstremal darajadagi barqarorligini saqlab turishini aniqladik”. Ular taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, rN darajasi 3 dan 10 gacha bo‘lgan moddalar bilan muloqotga kirishganda, koronavirus uch soat mobaynida nobud bo‘lmagan. Shu sababdan uni yo‘q qilishdagi eng samarali usul – bu sovun, antiseptik vositalar va harorat. Demak, tavsiya etilgan usul ish bermaydi. Hatto ushbu ichimlik bilan buyumlar dezinfeksiya qilinganda ham.
Isroillik mualliflar o‘z yo‘riqnomalariga yuqori darajali rN ga ega oziq-ovqat muhsulotlarini ilova qilganlar (pastda ko‘rsatilgan). Biz keltirilgan mahsulotlarning rN darajasini FDA (AQSh iste’mol mahsulotlari va dorilar boshqarmasi) bazasida taqdim etilgan rasmiy ma’lumotlar bilan solishtirdik va yo‘riqnomada keltirilgan mahsulotlarning rN darajasi nafaqat haqiqatdan yiroq ekanligini, balki ular birmuncha o‘zgartirilganligini aniqladik. Gap shundaki, keltirilgan mahsulotlarning rN darajasi 7 dan past ekan. Yo‘riqnomada ularning ko‘rsatkichlari 7 dan yuqori bo‘lishi uchun bir necha barobarga oshirilgan.
Biroq ushbu ma’lumotlar ko‘rsatilgan mahsulotlarning foydali tomonlarini kamaytirmaydi, ular judayam ajoyib va foydali. Ayni vaqtda ularni haqiqatdan ham ko‘p iste’mol qilish zarur. Ammo ulardan koronavirusni nobud qilish uchun foydalanish mantiqsizlik. Isroilda COVID-19 virusidan o‘lim holatlarining kam qayd etilayotgani sababi limonli ichimlik emas, balki meditsinaning rivojlanganidir.
Shu o‘rinda yana bir ma’lumot, Isroilda koronavirus oqibatida o‘lim holatlari qayd etilgan. 31 mart holatiga mamlakatda 5358 nafar odam koronavirus infeksiyasini yuqtirgan, ulardan 20 nafar bemor vafot etgan.
Yo‘riqnomada taqdim etilgan mahsulotlar ro‘yxati:
Limon - rN darajasi yo‘riqnomada: 9.9; FDA ma’lumoti (aslida): 2.0-2.6
Laym – yo‘riqnomada - 8.2; aslida – 2.8
Avokado – yo‘riqnomada - 15.6; aslida - 6.27 - 6.58
Sarimsoq piyoz – yo‘riqnomada - 13.2; aslida - 5.8
Mango – yo‘riqnomada - 8.7; aslida - 3.4 - 4.63
Mandarin – yo‘riqnomada - 8.5; aslida - 3.32 - 4.48
Ananas – yo‘riqnomada - 12.7; aslida - 3.2 - 4.0
Apelsin – yo‘riqnomada - 9.2; aslida - 3.6 - 4.34
Bekzod MUSURMONOV tarjimasi.