Jahon banki Samarqandda fan va innovatsiyalar sohasini rivojlantirishga moliyaviy ko‘mak beradia
Bu borada Samarqand shahrida viloyat hokimining o‘rinbosari X.To‘xtayev, viloyat hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalari bo‘yicha maslahatchisi N.Ibragimov va viloyat oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i A.Nasimov hamda Jahon bankining «O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish» (“MUNIS”) loyihasini amalga oshirish guruhining ekspertlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda kelishib olindi.
Shuningdek, uchrashuvda viloyatda ilm-fan va innovatsiyalar sohasini rivojlantirishni ta’minlash, kelgusida Jahon banki mablag‘lari yo‘naltiriladigan sohalar muhokamasi hamda istiqboldagi innovatsion ekotizimni rivojlantirishga doir vazifalar ham belgilab olindi.
Uchrashuv doirasida shu yerning o‘zida ekspertlar guruhi tomonidan startap loyihalarni amalga oshirish va ularni rivojlantirish imkoniyatlari, shuningdek, yosh olimlar, startaplar va boshqa tadbirkorlar uchun venchur kapitalni jalb qilish bo‘yicha treninglar tashkil etildi.