Jarrohlik amaliyoti uchun 10 million so‘m pul ajratildi
- 28.09.2021 11:24
- 105
- Salomatlik
Samarqand viloyat hokimining joriy yil 25 avgust kuni Samarqand shahrida o‘tkazgan sayyor qabulida shaharning Mustaqillik mahallasida yashovchi N.Ochilova Oqdaryo tumanida istiqomat qiluvchi kuyovida jarrohlik amaliyotini amalga oshirish uchun moddiy yordam so‘rab murojaat qilgan edi.
Ushbu murojaatni o‘rganish “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limiga yo‘naltirilgandi.
Fond viloyat bo‘limining ma’lumotiga ko‘ra, o‘tganish davomida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan fuqaro X.Tursunovning jarrohlik amaliyotini xorijda amalga oshirish mumkinligi to‘g‘risida xulosa olindi. Shundan so‘ng ushbu masala belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, mahalliy kengash qarori bilan “Mahalla” xayriya jamoat fondi Oqdaryo tuman bo‘linmasi qoshidagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan fuqaroga 10 million so‘m miqdoridagi bir martalik moddiy yordam puli ajratildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa