Jazirama issiq bo‘yicha jahon rekordi yangilandi

Joriy yilning 4 iyun kuni Quvaytda termometrlar Selsiy bo‘yicha 63 daraja issiqni qayd etdi. Bu yer yuzi tarixidagi eng yuqori harorat deya hisoblanmoqda.

Ayni kunlarda Quvaytda g‘ayrioddiy jaziramada plastik materiallardan yasalgan jihozlar, yopqichlar, hatto avtomobillarning ayrim qismlari ham erib ketish darajasiga yetgan. Bundan oldingi jahon rekordi 1913 yil 10 iyulda Kaliforniyada joylashgan O‘lim vodiysida va Liviya cho‘llarida qayd etilgan. O‘shanda eng yuqori harorat 57-58 daraja issiq bo‘lgan ekan.

O‘zbekistonda rasmiy tarzda aniqlangan eng yuqori harorat esa Qizilqum cho‘lida va Termiz shahri yaqinida qayd etilgan bo‘lib, u Selsiy bo‘yicha 50 darajaga yetgan.