1 martdan boshlab Quvaytdan Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareys yo‘lga qo‘yiladi
- 21.02.2023 14:07
- 41
- Samarqand
Quvaytning "Jazeera Airvays" aviakompaniyasi Al-Quvayt va Samarqandni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi. Al-Quvayt — Samarqand — Al-Quvayt yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlar Airbus A320 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Birinchi parvoz esa 2023 yil 1 martga mo‘ljallangan.
Muntazam yo‘lovchi qatnovlari haftasiga ikki marta — chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Jazeera Airvays O‘zbekistonga parvozlarni 2021 yilda boshlagan. Quvaytdan Toshkentga muntazam yo‘lovchi qatnovlari haftasiga uch marta — dushanba, seshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. Quvaytdan Namanganga — dushanba, chorshanba va juma kunlari.
"Jazeera Airvays" Quvaytning ikkinchi milliy aviakompaniyasi bo‘lib, shtab-kvartirasi o‘z terminaliga ega xalqaro aeroportda joylashgan va arzon narxlardagi havo sayohatlariga ixtisoslashgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Pangat otlarining dovrug‘i qani?
- 28 daqiqa avval
- O'qing, qiziq!
O‘zbekiston–Yaponiya: ta’lim va hamkorlikning yangi sahifasi
- 36 daqiqa avval
- Ta’lim
Сунъий интеллект хавфми ёки наф?
- 39 daqiqa avval
- Ta’lim