Samarqand - Olmaota yo‘nalishida yangi aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi

Avval xabar berganimizdek, 17 martdan Qozog‘istonning loukoster aviakompaniyasi «FlyArystan» Samarqand va Olmaota o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimligi, Qozog‘istonning Samarqanddagi Bosh konsulligi, Samarqand xalqaro aeroporti rahbariyati va «FlyArystan» aviakompaniyasi vakillari ishtirok etdi.

Ro‘yxatdan birinchi bo‘lib o‘tgan yo‘lovchiga aviakompaniya tomonidan aviachipta uchun sertifikat topshirildi.

Samarqanddan Olmaotaga parvozlar haftasiga ikki marta seshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.