Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan yoshlarni qanday muammo qiynamoqda?

Kattaqo‘rg‘on pedagogika kollejida jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan yoshlar o‘rtasidagi muammolarni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Kattaqo‘rg‘on shahar, Paxtachi, Nurobod, Narpay, Past Darg‘om va Kattaqo‘rg‘on tumanlaridan kelgan 195 nafar jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan yoshlarni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, uy-joy olish kabi 12 ta murojaati tinglandi. Ularga O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat ichki ishlar, Markaziy bank viloyat boshqarmalari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi mas’ul xodimlari tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.

Muloqot davomida kelib tushgan murojaatlarning ijrosi bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar aks ettirgan maxsus videorolik namoyish etildi.