68 nafar yoshlar ishga joylashtirildi, 24 nafariga kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha yo‘llanma berildi
Samarqand tumanidagi “Build Your World” korxonasida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil qilindi.
O‘tkazilgan yarmarkada tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari tomonidan jami 605 ta, jumladan, oliy ma’lumotli mutaxacsis talab etiladigan 215 ta, o‘rta maxsus ma’lumot talab etiladigan 275 ta va mutaxasislik talab etilmaydigan 115 ta bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilindi.
Shuningdek, bevosita 40 dan ortiq (sanoat, xizmat, qishloq xo‘jaligi, qurilish) yirik ish beruvchi korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi mavjud ish o‘rinlari bilan qatnashdi.
Tadbirga jalb qilingan korxona va tashkilotlar talablariga javob beradigan ishsiz fuqarolarni shu joyning o‘zida ishga qabul qilish bo‘yicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishga tayyor holda korxonalar rahbarlari va kadrlar bo‘limi boshliqlari ham ishtirok etdi.
Bundan tashqari, Migratsiya agentligi viloyat boshqarmasi, xususiy bandlik agentliklari va viloyat tijorat banklari xodimlari ishtirok etib, tijorat banklari tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalari paketlari, imtiyozli kreditlar, biznesni moliyalashtirish bo‘yicha kredit liniyalari bo‘yicha taqdimotlar bilan tanishtirib o‘tildi.
Tadbirga o‘tkazilgan xatlovda aniqlangan “Ishsiz yoshlar”, “Bitiruvchi yoshlar” va jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan og‘ir toifadagi yoshlar hamda ishsiz fuqarolardan iborat 580 nafar ishsiz fuqarolar ishtirok etdi.
O‘tkazilgan mehnat yarmarkasida Samarqand tumanidan ishlash istagida bo‘lgan ishsiz fuqarolardan 68 nafari ishga joylashtirildi, 24 nafariga kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha yo‘llanma berildi, 9 nafariga tadbirkorligini boshlash uchun kredit hamda ssudalar rasmiylashtirildi.
Yarmarkada ishlash istagida bo‘lgan fuqorolarga tumandagi bo‘sh ish o‘rinlari, kvota ish o‘rinlari, yangi ish o‘rinlari va kasb hunarga o‘qitish markazlari haqida tushuntirish va maslahatlar berildi.
Migratsiya agentligi viloyat boshqarmasi mas’ullari tomonidan 82 nafar migratsiyaga chiqish istagini bildirgan yoshlardan
40 nafari manzilli ruyxatga olindi, bundan tashqari xorijiy tillar (nemis, koreys va yapon)ni o‘rganishga 42 nafar yoshlarni ruyxatlari shakllantirilib, amaliy ishlar boshlandi.