Samarqandda 2700 dan ziyod bo‘sh o‘rni fuqarolarga taqdim etilmoqda

Ayni paytda viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi hamda tuman (shahar) hokimliklari hamkorligida hududlarda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalari bo‘lib o‘tmoqda.

Jumladan, Samarqand shahar, Samarqand va Past Darg‘om tumanlari aholisi uchun Samarqand shahridagi kasbiy ko‘nikmalar markazida, Kattaqo‘rg‘on shahri, Kattaqo‘rg‘on va Narpay tumanlari fuqarolari uchun Kattaqo‘rg‘ondagi "Monomarkaz"da hamda Urgut va Toyloq tumanlari aholisi uchun Urgutdagi “SAM ELEKTRO SERVIS” korxonasida mehnat yarmarkalari tashkil etilgan.

Yarmarkalarda 2700 dan ziyod bo‘sh o‘rni fuqarolarga taqdim etilmoqda.