Jomboy tumanida xalq ta’limini rivojlantirish uchun umuman mablag‘ sarflanmagan

Joriy yilda umumiy o‘rta ta’lim maktablarini joriy ta’mirlashga jami 24,4 milliard so‘m shundan, mahalliy byudjetdan 20,4 milliard so‘m, homiylardan 2,5 milliard so‘m va byudjetdan tashqari topilgan mablag‘lar hisobidan 1,5 milliard so‘m mablag‘lar yo‘naltirilgan.

Shahar va tumanlar mahalliy byudjetining 1 va 2-chorakda byudjet tushumlarini orttirib bajarilgan qismidan xalq ta’limi sohasini rivojlantirishga 7 milliard 170,6 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

Bu borada eng ko‘p mablag‘ Narpay va Oqdaryo tumanlarida ekanligini ko‘rish mumkin. Jumladan, ushbu tumanlarda mos ravishda 1 milliard 205,9 million va 725,1 million so‘m mablag‘ xalq ta’limini rivojlantirish uchun sarflangan.

Pastdarg‘om va Urgut tumanlarida eng kam ko‘rsatkich qayd etilgan – 100 va 198,7 million so‘m. Jomboy tumanida esa yilning o‘tgan olti oyi davomida xalq ta’limini rivojlantirish uchun bir so‘m ham mablag‘ ajratilmagan.