Jomboyda avtohalokat sodir bo‘ldi, qurbonlar bor
- 20.10.2020 13:30
- 746
- Hodisa
Kecha, 19 oktyabr kuni soat 06:30 larda Jomboy tumani hududidan o‘tuvchi M-39 “Olmaota-Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining 1074-kilometrida 1982 yilda tug‘ilgan, “Lasetti” rusumli transport vositasi haydovchisi B.N. e’tiborsizligi oqibatida, yo‘lning burilib olish qismida o‘zidan oldinda burilib olayotgan “Gaz-5327” rusumli transport vositasining orqa qismiga urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Oqibatda “Lasetti” avtomashinasi haydovchisi B.N. va 1987 yilda tug‘ilgan yo‘lovchisi B.Yu. og‘ir darajadagi tan jarohatlari olib, hodisa joyida vafot etgan.
Shuningdek, “Lasetti” avtomashinasi yo‘lovchilari - 1975 yilda tug‘ilgan T.H., 1989 yilda tug‘ilgan T.D. hamda 1983 yilda tug‘ilgan T.B. turli tan jarohatlari bilan Jomboy tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa