Joriy yilning 6 oyida 158,4 ming ishsiz fuqaro doimiy ish joylariga ega bo‘lgan
Bu yildan barcha mehnat organlarida jismoniy va yuridik shaxslarga “Yagona oyna” tamoyili asosida xizmatlar ko‘rsatish tizimi joriy qilindi. Buning natijasida 2020 yil 6 oyida mehnat organlari tomonidan 483 ming fuqaroga bandlik sohasidagi xizmatlar ko‘rsatildi. Xususan:
- 158,4 ming ishsiz fuqaro doimiy ish joylariga ishga joylashtirildi;
- 15,5 ming fuqaro mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitildi;
- 26,2 ming nafar ishsiz fuqaroga ishsizlik nafaqasi tayinlanib, ijtimoiy muhofazaga olindi;
- 59,1 mingga yaqin fuqaroga mehnat-bandlik masalalari bo‘yicha huquqiy maslahat xizmatlari ko‘rsatildi;
- mahalliy hokimliklar qarorlari asosida 2020 yilda 111 mingdan ortiq ish o‘rinlari band qilib qo‘yilgan bo‘lsa, ushbu ish o‘rinlariga 21,1 ming nafar ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolar ishga joylashtirildi;
- 330 mingdan ortiq fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi hamda ularning ish haqi to‘lovi uchun Jamoat ishlari jamg‘armasidan 253 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ moliyalashtirib berildi.
Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi davlat mehnat inspeksiyasi Bosh davlat mehnat huquq inspektori Gulruh Niyozmetova ishtirokida o‘tkazilgan brifing aytildi.
☎️ Mehnat huquqi buzilgan fuqarolar vazirlikning 71-200-06-00 va qisqa raqamli 1176 ishonch telefonlar, elektron shaklda murojaat qilishi uchun ijtimoiy tarmoqdagi dmi.mehnat.uz sayti, @mehnathuquqbot telegram messenjeriga murojaat etishlari mumkin.