Jo‘yisoyda elektr energiyasi ta’minoti yaxshilandi
Joriy yilning 4 sentyabr kuni Zarnews.uz saytida “Elektr ta’minotidagi uzilishlar sabab dars o‘tolmayapmiz, talaba-yoshlar fanlarni o‘zlashtirishdan ortda qolyapti” sarlavhasi bilan Samarqand tumanidagi Jo‘yisoy qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqarolar nomidan murojaat e’lon qilindi.
Mazkur murojaat Samarqand tumani elektr ta’minoti korxonasi tomonidan o‘rganildi. Aniqlanishicha, 2020/2021 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ushbu mahallalar hududlaridagi elektr tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib borildi. Shu bois ta’minotda vaqtincha uzilish holati kuzatildi. Hozirda ta’mirlash ishlari nihoyasiga yetkazilib, elektr energiyasi ta’minoti yaxshilandi.
Jumladan, Jo‘yisoy mahallasida viloyat xokimi tashabbusi bilan yog‘och ustunlar 40 dona temir beton ustunlariga almashtirildi hamda 2,5 kilometr masofada SIP-2 kabeli va 3 kilometr masofada SIP-4 kabellari tortildi.
“Samarqand HETK” AJ axborot xizmati.