JSST qalbaki "Ozempik" preparati haqida ogohlantirmoqda

JSST semaglutid asosidagi ("Ozempik" savdo markasi) qalbaki dorilar to‘g‘risida ogohlantirish e’lon qildi (https://www.who.int/ru/news/item/20-06-2024-who-issues-warning-on-falsified-medicines-used-for-diabetes-treatment-and-weight-loss). Bu dorilar 2-tur diabet va ayrim mamlakatlarda semizlikni davolash uchun qo‘llaniladi.

Xabarda Braziliya, Buyuk Britaniya va AQShda "Ozempik"ning uchta qalbaki partiyasi aniqlangani aytilgan. Bu ogohlantirish JSST tomonidan bu mavzu bo‘yicha e’lon qilingan birinchi rasmiy bayonot bo‘lib, bir qator olingan xabarlarni tasdiqlash natijasida chop etilgan.

"Biz barcha dori vositalari bilan bog‘liq sub’yektlarni shubhali dorilarni qo‘llashdan voz kechish va ular haqida tegishli idoralarga xabar berishga chaqiramiz", — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, "Ozempik" go‘yoki Gollivud yulduzlari tomonidan ozish uchun qo‘llanilganidan so‘ng mashhurlikka erishgan.

Manba