JSST rahbari pandemiyaning o‘ta xavfli bosqichi boshlanganini aytdi
– Koronavirus pandemiyasining o‘ta xavfli bosqichi keldi, – dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus. – Hozirda virusga qarshi kurashish vositalari, avvalo, vaksinaga ega bo‘lgan davlatlar cheklovni yumshatmoqda. Shu bilan bir paytda samarali davolash imkoniga ega bo‘lmagan mamlakatlar kasallanish va o‘lim to‘lqinlariga duch kelmoqda. Bu vaziyatni virusning yangi turlari kuchaytirmoqda.
Gebreyesusning fikriga ko‘ra, bunday vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li – bu mamlakatlar o‘rtasida test, vaksina, dori-darmon va himoya vositalarini adolatli taqsimlashdir.
"Bu raketa qurilishi yoki xayriya emas. Bu jamoat manfaatiga javob beruvchi sog‘liqni saqlashning oqilona xizmati", deya qo‘shimcha qildi u.
Tashkilot rahbari ijobiy tomonga o‘zgarishga umid borligi, xususan, bu COVAX vaksina tarqatish dasturi ekanligini ta’kidladi. U mamlakatlarni ushbu yo‘nalishda harakatini kuchaytirishga chaqirdi.
COVAX - Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan «Vaksinalar va immunizatsiya bo‘yicha Global Alyans (GAVI) hamda qudratli ishlab chiqarishni yaratuvchi, savdo-sotiqni amalga oshiruvchi Epidemik tayyorgarlik innovatsiyalari Koalitsiyasi bilan birgalikda ishlab chiqarilgan xalqaro mexanizmdir. Dastur shartlariga ko‘ra, yuqori daromadli mamlakatlar moliyalashtirish zarur bo‘lgan davlatlarni subsidiyalashtirgan holda vaksina sotib oladi.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya boshlanganidan beri dunyoda 184 millionga yaqin koronavirus infeksiyasi qayd etilgan, deyarli 4 million bemor vafot etgan. O‘tgan kun davomida yuqtirganlar soni 326 ming nafarga, o‘limlar 6347 nafarga oshdi.