JSST yangi xavfli virus paydo bo‘lishini bashorat qildi

Ertami-kechmi, insoniyat hozirgisidan ham xavfli, yangi pandemiyaga duch keladi, dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus.

"Bu virusdan ko‘ra yuqumli va o‘limga olib keluvchi yana bir virus paydo bo‘ladi", dedi u JSSTning 74-sessiyasining ochilishida.

Tashkilot rahbarining so‘zlariga ko‘ra, aynan viruslarga qarshi kurashda davlatlar raqobatlashishi emas, balki bir-biri bilan hamkorlik qilishi kerakligini ko‘rsatdi.

"Darhaqiqat, oldimizda tanlov turibdi: birgalikda harakat qilish yoki himoyasiz bo‘lish", deya xulosa qildi Gebreyesus.

Butunjahon sog‘liqni saqlash assambleyasi 24 maydan 1 iyungacha virtual formatda bo‘lib o‘tmoqda. Uning asosiy mavzusi COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash va sog‘liqni saqlashda yangi global favqulodda holatlarining oldini olish. Assambleya ishida butun dunyodan delegatlar qatnashmoqda.