Kadastr agentligining vakolatlari kengaydi
- 30.10.2021 08:57
- 541
- O‘zbekiston
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan bajariladigan geodeziya va kartografiya ish turlarining ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Unga muvofiq, Kadastr agentligi o‘ndan ortiq umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajaradi.
Agentlik tomonidan «Geodeziya va kartografiya faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun asosida maxsus ahamiyatga molik geodeziya va kartografiya ishlari bajariladi.
Endi umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiya faoliyati bilan litsenziya yoki xabardor qilish tartibi orqali geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha tasdiqnomaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ham bajarilishi mumkin bo‘ldi.
Davlat kadastrlari agentligi viloyat hududiy boshqarmasi axborot xizmati.