Kadastr pora aralashmaydigan soha bo‘ladi(mi?)

Joriy yilda kadastr sohasida ishlagan ikki nafar xodim tamagirlik qilib, fuqarolardan pora so‘ragan. Xizmat vazifasini suiiste’mol qilgan xodimlar yer ajratib berishni va’da qilgan va jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Kadastr agentligining Kompleans-nazorat xizmati rahbari B.Shamansurov boshchiligida agentlikning viloyat boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmasi boshliqlari tomonidan viloyatimizning to‘rtta tuman va shaharlarida “Kadastr sohasida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik va uni oldini olish”ga qaratilgan tadbirlar o‘tkazildi.

Tanqidiy tarzda o‘tkazilgan tadbirda soha xodimlari orasida  korrupsiya holatlarining oldini olish, kadastr sohasida bu illatdan voz kechish kerakligi borasida tushunchalar berildi.

Tizimda korrupsiyaga qarshi kurashishni yanada kuchaytirish uchun pora taklif etgan shaxsni fosh etishda tashabbus ko‘rsatgan xodimni moddiy rag‘batlantirish choralari ishlab chiqildi. Bu tizim Toshkent viloyatida birinchi bo‘lib o‘z natijasini ko‘rsatdi.

“Bu kabi tashabbus ko‘rsatgan xodimlar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanib, qonun himoyasiga olinadi”, deyildi tadbirda.

Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmasi axborot xizmati.