Kamikadze qanday paydo bo‘lgan?
Chingizxonning nabirasi - Mo‘g‘uliston beshinchi ulug‘ xoni Xubilay 1281 yilda Yaponiyani zabt etish uchun qo‘shin tortdi. U qo‘shinni Koreys ko‘rfazidan olib o‘tish uchun hali jahonda ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan ko‘prik qurdirdi.
Ulkan ko‘prikni qurish uchun oz emas-ko‘p emas, naqd 10 mingta kema zarur bo‘ldi. Kemalar qator qilingan holda ko‘ndalang qo‘yilib, ustidan otliq qo‘shin o‘tishi uchun taxta ko‘prik qurildi. Otliq lashkarlar ushbu ko‘prikdan suron solib o‘ta boshladi.
Ammo… shu payt kutilmagan hodisa yuz berdi. Dahshatli to‘lqin to‘foni ko‘tarilib, ko‘z ochib yumguncha ko‘prikni suv o‘z qa’riga tortib ketdi. Yaponiyani bosqindan qutqarib qolgan ushbu to‘fon mamlakat tarixida «Ilohiy shamol - kamikadze», deb nom qoldirdi.
Keyinchilik jonini garovga qo‘ygan yapon harbiylari o‘zlarini «kamikadze» deb atay boshladi. Ikkinchi jahon urushida imperator armiyasining barcha jangchilari harbiy harakatlarda «kamikadze» sifatida o‘limga tik bordilar. Ular minalashtirilgan maydon tomon tap tortmay olg‘a harakatlandi, tanklarda, samolyotlarda dushmanga tik borib urildilar. Keyinroq, urush oxirlari bo‘lgan 1944 yilda esa yaponlarning suvosti kamikadzelari o‘z faoliyatini boshladi.
T. Shomurodov tayyorladi.