Karantin sababli ishdan bo‘shaganlar ishsizlik nafaqasini olsa bo‘ladimi?

Bugun AOKA shtabida Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Unda karantin sababli ishdan bo‘shashga majbur bo‘lganlar ishsizlik nafaqasini olsa bo‘ladimi, degan savolga javob berildi:

“Bo‘ladi, buning uchun hududiy bandlik va mehnat munosabatlari bo‘yicha organga murojaat qilishingiz lozim.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra ishsizlik nafaqasi ko‘pi bilan:

- ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan yoki uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxsga o‘n ikki oylik davr mobaynida yigirma olti kalendar hafta;

- ilgari ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan shaxsga esa o‘n uch kalendar hafta mobaynida to‘lanadi”, dedi Adliya vazirligi vakili.