Kasallik chaqiruvchi so‘zlar

Nemis psixoterapevti (asli Eronlik) Nusrat Pezeshkian birinchilardan bo‘lib, so‘zlarning insonda kasallikni keltirib chiqarishini isbotlab bergan.

Inson o‘zining ruhiy xolatidan kelib chiqib aytadigan so‘zlari o‘zining salomatligiga ta’sir qiladi.

Insonning fiziologik organlariga bevosita ta’sir qiluvchi so‘zlar - organik nutq ham deb ataladi.

Qanchalik kuchli bo‘lmang, o‘zingizga aytilgan so‘zlaringiz sog‘ligingizga putur yetkaza oladi.

Ba’zi paytlarda g‘azab, jahl, nafrat bilan aytgan so‘zlarimiz ichki organlarimizga buyruq, (komanda) berish vazifasini bajarib,  ma’lum a’zolar ishini izdan chiqarar ekan.

1. Barchasi meni zimmamda, muammolar meni bo‘ynimda deydiganlarda - osteoxondroz kasalligi rivojlanishi

2. Barchasi jonimga tegdi deydiganlarda - o‘simtalar rivojlanishi

3. Yuragimga qattiq oldim deydiganlarda - yurak infarkti rivojlanishi

4. Menga shu muammolar  bosh og‘rig‘i bo‘ldi deydiganlarda - migren rivojlanishi

5. Qonimni ichdi deydiganlarda - qon kasalliklari rivojlanishi

6. Sabr kosam to‘ldi deydiganlarda - gipertoniya rivojlanishi

7. Eshitgim kelmaydi, o‘chir, bilaman, deydiganlarda - garanglik rivojlanishi

8. Asabimni sinama deydiganlarda - depressiya rivojlanishi

9.Hayotimda quvonch yo‘q deganlarda - jigar, o‘t qopi kasalliklari, semizlik rivojlanishi

10. O‘z-o‘zini yeyish, siqilish,   yomonliklarni hazm qila olmaslik - yara kasalliklari rivojlanishi

11. O‘lgudek charchadim deganlarda - urologik xastaliklar rivojlanishini isbotlagan.

Doimo o‘zingizni ta’riflayotgan so‘zlaringizga e’tiborli bo‘ling.
Zero, inson ongi va organizmini aytilgan so‘zlar boshqaradi!