Kattaqo‘rg‘onda bir kunda 3 ta xususiy bolalar bog‘chasi ochildi
Bugun Kattaqo‘rg‘on tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan “INTEKO GAZ OIL” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 11 mlrd. 220 mln. so‘m mablag‘ evaziga qurilgan «KIDS CAMP» nomli zamonaviy xususiy bog‘chaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, tumanning Meylixo‘ja mahallasi hududida Davlat xususiy sherikchilik asosida xususiy tadbirkor Anvar Norboyev tomonidan quvvati 240 o‘rinli, 9 milliard 700 million so‘mlik “WILLAGE SCHOOL” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ham ish boshladi.
Yana bir tantanali ochilish marosimi Polvontepa mahallasida tadbirkor G‘aybulla Boltayev tomonidan 75 o‘rinli 1.1 milliard so‘m sarflangan "Special Childirn" nomli xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib o‘tdi.
Bog‘chalarning ochilish marosimlarida tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, 2-sektor rahbari Erkin Axmedjonov, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Muassasalar zamonaviy usulda qurilgan bo‘lib, o‘yin maydonchalari, oshxona, musiqa, sport zali va basseynlari jahon standartlari asosida jihozlangan.
Bog‘chalar ingliz, rus va o‘zbek tillariga mo‘ljalangan. Kundalik mashg‘ulotlardan tashqari shaxmat, shashka, rasm chizish, badiiy gimnastika, suzish to‘garaklari ham faoliyat ko‘rsatadi. Har bir guruh xonasiga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari tizimi orqali ota-onalar uylarida o‘tirib, internet yordamida farzandlarining mashg‘ulotlarini kuzatishi mumkin.