Kecha Samarqandda 62 nafar kishi koronavirusga chalindi, 131 nafar bemor tuzaldi
2021 yil 12 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 164890 (+526) nafarni tashkil etmoqda.
🔴 Yangi kasallanish holatlarining:
📌 17 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌 18 nafari Andijon viloyatida,
📌 12 nafari Buxoro viloyatida,
📌 14 nafari Jizzax viloyatida,
📌 10 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌 6 nafari Navoiy viloyatida,
📌 18 nafari Namangan viloyatida,
📌 62 nafari Samarqand viloyatida,
📌 15 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌 18 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌 59 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌 15 nafari Xorazm viloyatida,
📌 83 nafari Toshkent viloyatida,
📌 179 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida Samarqand viloyatida 131 nafar bemor tuzaldi. Respublika bo‘yicha kasallikdan sog‘ayganlar jami 157139 (+644) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1159 nafarni tashkil qildi.