Kimlar test imtihonlaridan ozod etiladi?
Shuningdek, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari sohibalari, "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti sohiblari bo‘lgan umumta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari, Xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash, Madaniyat, jismoniy tarbiya va sport vazirliklari tomonidan har yili o‘tkaziladigan pedagogika o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari bitiruvchilari va ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining "Tarbiyachi" respublika tanlovi g‘olibi, tibbiyot muassasalari hamshiralarining "Hamshira" respublika tanlovi g‘olibi, Badiiy akademiyaning tasviriy san’at bo‘yicha respublika tanlovi g‘oliblari, "Nihol" mukofoti sovrindorlari mazkur vazirliklar, idoralar va jamg‘armalar taqdimnomalariga muvofiq Davlat komissiyasining qarori bilan shunday imtiyozga ega bo‘lishlari mumkin.
Bundan tashqari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolari ham imtiyozli qabul qilish maqsadida tavsiyanomalar berish bo‘yicha respublika komissiyasi taqdimnomasi asosida doimiy yashash joyidagi oliy ta’lim muassasalarining pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz qabul qilinadi.
Abdug‘ofur ShERXOLOV
suhbatlashdi.
Davlat test markazi viloyat bo‘limi boshlig‘i Esonboy ISROILOV bilan o‘tkazilgan suhbatning to‘liq matnini 12 iyunda nashrdan chiqqan “Zarafshon” gazetasining 69-sonida o‘qing!