Kongoda vulqon faolligida 60 dan ortiq zilzila qayd etildi
- 30.05.2021 11:04
- 30
- Xorij
Kongo Demokratik Respublikasida (KDR) 24 soat ichida vulqon otilishi sababli kamida 61 marta zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda France-Presse mahalliy seysmologlar ma’lumotiga tayanib.
Seysmologlar hisobotiga ko‘ra, zilzilalar Niragongo vulqoni hududida magmaning davomiy harakati bilan bog‘liq.
Ta’kidlanishicha, bir necha kun oldin zilzilalar chastotasi va kuchliligi bundan ham yuqori bo‘lgan. Ammo so‘nggi 48 soat ichida ular pasayishni boshladi.
Ma’lumki, o‘tgan shanba kuni KDR Shimoliy Kivu provinsiyasining Goma shahri yaqinida Niragongo vulqoni otildi. Hududda vulqon otilishidan keyin o‘ndan ortiq zilzila qayd etilgan. BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 30 dan ortiq odam vafot etdi, 40 kishi bedarak yo‘qolgan. Goma shahrida 5000 ga yaqin uyni vayron bo‘lgan.