Koronavirus “yengilmas”mi?

COVID-19 koronavirus infetsiyasi “yengilmas”, degan xulosaga keldi Minnesota universiteti olimlari.

AQShning ushbu universiteti olimlari koronavirus ustidan hech qachon to‘laligicha g‘alaba qozonilmasligini, sababi, u odam organizmiga o‘ta tez moslasha olishini ta’kidlashmoqda.
Ularning fikriga ko‘ra, vaksina faqatgina virus tarqalishini cheklaydi. Biroq u odamlarga uzoq muddatli immunitet bera olmaydi. Vaksina bir necha oydan bir necha yilgacha himoya qila olishi mumkin. Chunki vaksinadan so‘ng odam organizmida paydo bo‘lgan anti tanachalar vaqt o‘tishi bilan kuchsizlanadi.

Shu sababdan ham COVID-19 virusi shamollash viruslari singari insoniyat bilan birga qoladi. Biroq mutaxassislar kelajakda keng samarali vaksina paydo bo‘lishi ehtimoli yo‘q emasligini ham ta’kidlashdi.