Koronavirusdan himoyalanishda oziq-ovqat mahsulotlarining  ahamiyati

Ispaniyalik shifokor Xose Manuel Fernandez Garsiyaning fikricha, "O‘rta yer dengizi" parhezi yordamida immunitetni oshirib, organizmni koronavirusdan qo‘shimcha himoyalash mumkin.

Mutaxassis tavsiyasiga ko‘ra, asosiysi parhezga ko‘proq meva- sabzavotlar va ko‘katlarni qo‘shish zarur. Sababi, ularda antioksidantlar va kuchli immunitetni shaklantirish uchun zarur bo‘lgan moddalar mavjud. Shunday ekan,  har kuni beshtadan meva-sabzavot iste’mol qilish zarur.

Fernandez sut mahsulotlaridan sut, pishloq va yogurtni tavsiya qilgan. Shuningdek, tuxum va dukkakli o‘simliklarni ham unutmaslik lozim. Go‘shtlardan esa parranda go‘shti va baliqdan taom tayyorlash afzalroq. O‘z navbatida shakar va tuzni qisqartirish kerak. Shirinlik o‘rniga quritilgan mevalarni iste’mol qilish juda foydali.

Parhez orqali immunitetni ko‘tarish uchun qo‘shimchasiga 30 daqiqalik badantarbiya bilan shug‘ullanish va o‘z vaqtida dam olish lozim. Bularning  bari organizm uchun yaxshi himoya vositasidir.

Shifokor koronavirusdan saqlanish uchun birinchi navbatda, qo‘lni  sovun bilan tez-tez yuvish, yuzga teginmaslik va niqob orqali nafas yo‘llari a’zolarini himoyalash zarurligini eslatib o‘tgan.