Foydali mahsulotlar reytingi

Taftsa universitetidan amerikalik diyetologlar va sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha mutaxassislar salomatlik uchun eng foydali masulotlar reytingini tuzdi.

Unda barcha toifadagi ovqat masulotlari va ichimliklarga 1 dan 100 gacha shkala bo‘yicha ball beriladi. Jumladan, eng yuqori – 100 ball eng foydali mahsulotlar uchun "taqdim etiladi".

Yong‘oq va pista, sovuq holda siqib olingan zaytun yog‘i noyob aminokislotalarga ega bo‘lib, organizm to‘qimalari hujayralarini mustahkamlab, viruslardan yaxshi himoya qilar ekan. Shunday qilib, yong‘oq va pista o‘rtacha 78,6 ball, mevalarning o‘rtacha bali 73,9, sabzavotlar – 69,1, mol go‘shti – 24,9, parranda go‘shti - 42, dengiz mahsulotlari – 67,9 ball oldi.

Yangi uzilgan mevalar reytingi 100 ballga yaqinlashadi. Ammo diyetologlar ularni har kuni ko‘p iste’mol qilishni tavsiya etishmaydi. Negaki, ularni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish jigarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Tog‘aymurod Shomurodov tayyorladi.