Diyetolog tetiklashtiruvchi oziq-ovqat mahsulotlarini tavsiya etdi

Xolin, B12 vitamini va temirni o‘z ichiga olgan oziq-ovqatlar miya faoliyatida ahamiyatli bo‘lgan moddalar yetishmasligini to‘ldirishga yordam beradi. Bu haqda diyetolog Yelena Solomatina ma’lum qildi.

«Xolin tuxum sarig‘i, go‘sht mahsulotlari, ayniqsa qo‘y go‘shtida, so‘li yormasi va gulkaramda juda ko‘p. Xolin - asab impulslari harakati tezlashishini ta’minlaydigan atsetilxolin o‘rnini bosuvchi organik birikma», deya uning so‘zlarini keltiradi Sputnik radiosi.

Bosh aylanishi va toliqishning oldini olish uchun B12 vitamini mavjud oziq-ovqatni iste’mol qilish zarur. Miyaning doimiy ravishda kislorod bilan to‘yintirish uchun temir moddasi (jigar, qizil go‘sht) bo‘lgan oziq-ovqat foydali.

«Ammo har narsada me’yorni unutmaslik shart. Ortiqcha ovqatlanish tufayli organizmdagi toksinlar barcha foydali vitaminlar ta’sirini yo‘qotishini unutmaslik lozim», deydi diyetolog. U mahsulotni bug‘lash yoki yumshoq ishlov berib tayyorlashni tavsiya qildi. Shuningdek, "rafinadli qand qo‘shilgan shirinliklar" iste’molini cheklashni maslahat beradi.

G.Xoldorova tayyorladi.