Kechki ovqatdan voz kechish vazn ortishiga sabab bo‘ladi

Yaponiya olimlari shunday xulosaga kelishdi, deb xabar bermoqda The New York Post.

Mutaxassislar uch yil davomida 17 mingdan ziyod erkak va 9 mingga yaqin ayolni kuzatishdi. Ma’lum bo‘lishicha, kechki ovqatdan voz kechgan tadqiqot ishtirokchilari vazni tezroq oshgan.

Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, ortiqcha vaznga ega erkaklarning 10,8 foizi va ayollarning 17,1 foizi kechki ovqat iste’mol qilmagan. Vazn ortishining boshqa sabablari qilib kam uyqu, ortiqcha alkogolli ichimliklar iste’mol qilish va chekish ko‘rsatildi.

Gap shundaki, kechki ovqat iste’mol qilmaganda ochlik hissiyoti ishtaha ortishini keltirib chiqaradi va bunda odam oziq-ovqat miqdorini nazorat qilmaydi. Ushbu nazariya hali yuz foiz isbotlanmagan bo‘lsa-da, olimlarning ta’kidlashicha, tadqiqotdan semirishning oldini olishda foydalanish mumkin bo‘ladi.

G.Xoldorova tayyorladi.