Koronavirusga chalingani sabab Mahmud Murodovning navbatdagi jangi bekor qilindi
UFC bilan shartnoma imzolagan ilk o‘zbekistonlik jangchi Mahmud Murodovning uchinchi jangi bekor qilindi. Bu haqda sportchining o‘zi Instagram᾽dagi sahifasida ma’lum qildi.
31 oktyabr kuni hamyurtimiz Mahmud Murodov UFC Vegas 12 turnirida navbatdagi jangini o‘tkazishi lozim edi.
“Afsuski, sizlarga ushbu xabarni yetkazishimga to‘g‘ri kelmoqda. 31 oktyabrdagi jangim bekor qilindi. Chunki COVID-19 ga topshirgan testim ijobiy natijani ko‘rsatdi”, deya yozgan u.