Kosmosda birinchi kino suratga olinadi

Rossiya Davlat komissiyasi «Chaqiriq» badiiy filmini suratga olish uchun kosmik parvozda ishtirok etish uchun nomzodlarning tibbiy va ijodiy tanlovini yakunladi.

– Intensiv tayyorgarlik 1 iyundan boshlanadi, – dedi "Roskosmos" bosh direktori Dmitriy Rogozin. – Unga parvozga tayyorlash, parashyutdan sakrash, favqulodda vaziyatlarda mashqlar kiradi.

«Chaqiriq» badiiy filmi - bu "Roskosmos" korporatsiyasi, "1-kanal" va "Yellow, Black and White" studiyalarining qo‘shma loyihasi bo‘lib, ular oldiga katta ilmiy va ma’rifiy vazifalar qo‘yiladi.

«Biz «Roskosmos»ga nafaqat ilmiy loyihani amalga oshirishda, balki inson kuchi, muhabbati va ishtiyoqi, aql-zakovati boshqaradigan kosmik tadqiqotlar mavzusini ko‘tarishda yordam beramiz", dedi «1-kanal» bosh direktori Konstantin Ernst.

Tanlovda har bir kishi ishtirok etishi mumkin edi, ammo professional aktrisalar afzal ko‘rildi. Xalqaro kosmik stansiyaga parvoz 5 oktyabrga rejalashtirilgan. Shuningdek, xuddi shu vaqtda Tom Kruz va boshqa amerikalik aktyorlar ishtirokida film suratga olish uchun stansiyaga uchib keladi.

G.Xoldorova tayyorladi.