Kuniga bir marta ovqatlanish xavfli(mi?)
- 19.11.2023 20:14
- 41
- Salomatlik
️Kuniga bir marta ovqatlanish sog‘lig‘ingizga jiddiy putur yetkazishi mumkin.
Har ovqatlanganda tanaga 30 gramm atrofida oqsil singdiriladi, bu kunlik ehtiyojdan kam. Natijada, odam mushak massasini yo‘qotadi, shuningdek, tayanch-harakat tizimi bilan bog‘liq muammolar boshlanishi mumkin.
Albatta, bu tarzda vazn yo‘qota olmaysiz, chunki tana tejamkor rejimda ishlay boshlab, yog‘ zaxiralarini g‘amlay boshlaydi.
Bundan tashqari, ovqatlanish organlari faoliyatining buzilishi paydo bo‘ladi. Odam o‘z parhezini nazorat qila olmasdan keragidan ortiqcha ovqatlanadi. Natijada - semirish va oshqozon-ichak tizimi kasalliklari ehtimoli kuchayadi.
Shifokorlar odatda kuniga kamida 2 marta, parhezshunoslar esa kuniga 5 marta ovqatlanish haqida gapirishadi. Ovqatlanish bo‘yicha turli xil mutaxassislar kuniga bir marta ovqatlanish nomaqbulligi haqida bir fikrga qo‘shilishadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Yubiley to‘ylari kerakmi?
- 2 soat avval
- Jamiyat
Saratonga davo topishni maqsad qilgan qiz
- 2 soat avval
- Samarqand