Og‘izning muntazam hidlanishi nimadan dalolat?
- 19.02.2023 10:36
- 213
- Salomatlik

Mutaxassislar gingivit - milklarning yallig‘lanishi bilan og‘rigan odamlar qon tomirlarida quyqalar paydo bo‘lishi va yurak xurujiga uchrash hollari boshqalarga nisbatan ikki baravar ko‘p uchraydi, deyishmoqda.
Og‘iz bo‘shlig‘idagi noxush hidni keltirib chiqaradigan bakteriyalar qonga tarqalib, yallig‘lanish jarayonlarini qo‘zg‘atadi.
Kardiologlar yurak muammolarining tashqi belgilari orasida ko‘krak qafasidagi og‘riqlar, nafas qisilishi, bosh aylanishi va ko‘ngil aynishi bilan birga milklardagi doimiy og‘riq va noxush hidni e’tiborsiz qoldirmaslikni ta’kidlashmoqda.
Shuningdek, qo‘l yoki oyoqda favqulodda uvishish, sababsiz uyquchanlik, noodatiy bosh og‘rig‘i ham qon tomirlari va yurak bilan bog‘liq muammo borligiga ishora qiladi.
Teglar:
tibbiy maslahat
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
"Kim kashf etmish O‘zbekistonni?.."
- 1 soat avval
- Mutolaa
Kim bo‘lsang ham eng yaxshisi bo‘l!
- 2 soat avval
- Jamiyat
Filialda yangi jarrohlik amaliyoti bajarildi
- Bugun, 14:41
- Salomatlik