Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Maktab o‘quvchilari uchun qishki ta’til qachon boshlanishi ma’lum qilindi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida qishki ta’til 2019 yilning 28 dekabridan boshlanib, 2020 yilning 10 yanvar kuni yakunlanadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar tarqatdi.

«Mamlakatimizdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 2019-2020 o‘quv yilining ikkinchi choragi o‘z yakuniga yetmoqda.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida qishki ta’til 2019 yilning 28 dekabridan boshlanib, 2020 yilning 10 yanvar kuni yakunlanadi.

2020 yilning 11 yanvaridan uchinchi chorakning birinchi kuni boshlanadi.