Maktab va bog‘chalarda pul yig‘imi qat’iyan taqiqlanadi

So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali maktablar va bog‘chalarda turli xil tadbirlar o‘tkazish uchun o‘quvchilardan pul mablag‘lari yig‘ilayotganligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Ta’lim muassasalarida ta’mirlash (remont) uchun, turli tadbir (so‘nggi qo‘ng‘iroq) va bayramlar uchun pul yig‘ish qat’iyan taqiqlanadi.
“Agarda Siz,qaysidir maktab yoki bog‘chalarda pul yig‘ish bilan bog‘liq holatlar haqida xabardor bo‘lsangiz, Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 66-238-88-00, 66-238-88-18 telefon raqamlari, shuningdek, @shsultonov_boti orqali murojaat qilishingiz so‘raladi”, deyilgan viloyat boshqarmasi xabarida.