48-maktab direktori yuqori sinf o‘quvchilaridan bayramga pul yig‘ilayotganini inkor etdi

Avvalroq, joriy yilning 4 mart kuni "SamTVR" kanalida Samarqand shahridagi 48-maktabning yuqori sinf o‘quvchilaridan 8 mart bayrami munosabati bilan pul yig‘ilayotganligi xabar qilingani va bu holat yuzasidan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan tekshiruv o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Ushbu masala yuzasidan maktab direktori Sh.Hasanova shunday munosabat bildirdi:

"Bu maktabimiz va o‘qituvchilarimiz obro‘sini to‘kishga qaratilgan bo‘hton. Pedagogik jamoamiz ushbu holatga qarshi chiqdi. Bu holat o‘qituvchilarimiz obro‘siga zarar yetkazmoqda. Maktabimizda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘linayotganligi bois hech qanday pul yig‘ish ishlari amalga oshirilmagan".