Mamlakatimiz tarixida bola huquqlariga oid birinchi qonun
O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganiga 11 yildan oshiq vaqt o‘tdi. Mazkur qonun O‘zbekistonning huquqiy tarixida bola huquqlariga oid birinchi va tarixiy qonun bo‘lsa-da, yurtimizda bola huquqini himoya qilish asrlar davomida bizga meros bo‘lib kelgan. O‘zbek xalqi bolani e’zozlab, unga avvalo, inson sifatida muomalada bo‘lgan, uning huquq va erkinliklarini hurmat qilib himoya qilgan. Shu bois ham milliy qadriyatlarimizga tayanib yozilgan Bosh Qomusimizda bu masalaga alohida e’tibor berilib, voyaga yetmaganlarning huquqlari davlat himoyasida ekanligi aniq belgilab qo‘yildi. Bundan tashqari, davlatimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng ratifikatsiya qilingan dastlabki xalqaro huquqiy hujjatlardan biri ham Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya edi. Bunda O‘zbekiston bola huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga doir qator majburiyatlarni o‘z zimmasiga oldi.
Faxriddin Parmanov,
Jomboy tuman adliya bo‘limi boshlig‘i.