Marselda taqiqlangan karnavalda politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalandi
Fransiyaning Marsel shahri politsiyasi hukumat tomonidan ruxsat etilmagan keng ko‘lamli karnavalni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalandi.
Tadbirda 6,5 mingga yaqin odam qatnashdi, deya xabar bermoqda mahalliy ommaviy axborot vositalari.
Bush-dyu-Ron politsiyasining prefekturasi o‘z twitterida tantanali yurish qatnashchilari niqobsiz bo‘lib, masofa saqlamaganligini ta’kidlashdi. Bu huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari aytishicha, «sog‘liqni saqlash borasidagi inqiroz davrida o‘ta mas’uliyatsizlikdir».
Ma’lumki, tadbir qatnashchilari politsiyaga turli narsalarni ota boshlashgan. Shuningdek, rasmiylar himoya vositalarisiz bo‘lganlarni jarimaga tortishdi, deb xabar beradi Franse Bleu Provence radiostansiyasi.
RCF radio xabariga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari soat 18:00 da odamlarni tarqatish harakatini boshlashdi. Kun oxirida olomonni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatildi. Keyinchalik, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari mingga yaqin odam to‘plangan Jores maydonidan olomonni tarqata boshlagan.
Marselda, boshqa 16 departament bo‘limidan farqli o‘laroq, yangi karantin cheklovlari mavjud emas. Shunga qaramay, shahar aholisi "COVID-19"ga qarshi kurashish uchun qat’iy choralarni, jumladan, jamoat joylarida niqob taqish va tadbir ishtirokchilari soni cheklovlariga rioya etishi zarur.