Masjidlar har kuni ishlaydi, faqat juma namozi ado etilmaydi

Maxsus komissiya qarori bilan 17 avgust kuni bomdod namozidan boshlab, yurtimizdagi barcha 2070 ta jome masjidlar o‘z eshiklarini yana mo‘min-musulmonlarga ochadi.

Ayrim sayt va ijtimoiy tarmoqlarda masjidlar haftada 4 kun ishlaydi, juma, shanba va yakshanba kunlari esa faoliyat ko‘rsatmasligi haqidagi xabarlar tarqaldi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi bunga izoh berib, bunday mazmundagi xabarlar anglashilmovchilik oqibati ekanligini ta’kidladi.

"Masjidlar haftada har kuni o‘z ish faoliyatini olib boradi, faqat juma namozi epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar vaqtincha ado etilmay turadi", deyilgan bayonotda.