MIB: Kattaqo‘rg‘onda qarzdor o‘ziga tegishli bino inshootlar auksionga chiqarilgach, 325 million so‘mlik kredit qarzini to‘lab berdi
Kattaqo‘rg‘on tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor “F.D.K”MChJdan undiruvchi AJ Milliybank foydasiga jami 392.000.000 so‘m kredit qarzdorligini undirish, ko‘zda tutilgan. Tuman MIB tomonidan ijro harakatlari davomida qarzdorning hisob raqamidan 82 mln. so‘m mablag‘ undirilib, undiruvchining hisob-raqamiga o‘tkazilgan. Shuningdek, MChJga tegishli bo‘lgan ishlab chiqarish sexi bino inshooti xatlangan. Bu haqda Byuroning Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi davlat ijrochisi Jasurbek Rahmonov ma’lum qilmoqda.
Undirilmay qolgan 310 million so‘m kredit qarzi to‘lanmaganligi sababli garov mulki davlat ijrochisining “Mol-mulkni elektron onlayn-auksionda sotish uchun chiqarish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan sotuvga chiqarilib, boshlang‘ich narxi 350.000.000 so‘m hisobida auksionga chiqarilgan.
“F.D.K”MChJga tegishli taraflar o‘rtasida 150.000.000 so‘mga baholangan Kattaqo‘rg‘on tumanidagi qurilish tugallanmagan “To‘rt yo‘nalishli bouling va fitnes klub” bino-inshooti xatlanib, “Mol-mulkni elektron onlayn-auksionda sotish uchun chiqarish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan sotuvga biriktirilgan. Shundan so‘ng qarzdor 325.521.684 so‘m kreditni to‘liq to‘lab bergan.