MIB muassasaga MChJdan 2,1 mlrd. so‘mlik kredit qarzini undirib berdi

Samarqand shahar iqtisodiy sudining 2023 yil 18 dekabrdagi ijro hujjatiga asosan javobgarlar “S.T.S” MChJ va “U.T” MChJlardan da’vogar “Biznesni rivojlantirish bank” ATB foydasiga kredit qarzdorligi undirish yuzasidan ijro hujjati MIBning Urgut tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan. Hujjat bo‘yicha shu kunning o‘zida ijro ishi yuritishini qo‘zg‘atish to‘g‘risida qarori qabul qilinib, taraflarga yuborilgan.

Ixtiyoriy ravishda qarzdorlik to‘lovi amalga oshirilmagach, “S.T.S” MChJga tegishli bo‘lgan Urgut tumani, Do‘stlik mahallasida joylashgan umumiy yer maydoni 5548 kv.metr, qurilish osti maydoni 2323,33 kv.metr, foydali maydoni 2160,98 kv.metr bo‘lgan ma’muriy bino, ishlab chiqarish sexi va yordamchi 2 qavatli binolar ijro harakatlari davomida davlat ijrochilari tomonidan xatlangan. Shundan so‘ng “S.T.S” MChJ va “U.T” MChJlar tomonidan jami 2 milliard 120 million so‘m kredit qarzi to‘lab berildi.

Abbosbek XUDOYoROV,

MIBning Urgut tuman bo‘limi davlat ijrochisi.